Endilikda Umra ziyoratini tashkil qiluvchi kompaniya va yakka tadbirkorlar Din ishlari qo‘mitasi tomonidan “sirli mijoz” usulida nazoratdan o‘tadi.
Qo‘mita xodimlari oddiy mijoz sifatida murojaat qilib, lisenziya, safar davomiyligi, narx, to‘lov, yashash va transport shartlari haqida so‘raydi. Zarur holda yashirin audio yoki video yozuv ham olinadi.
Qoidabuzarlik aniqlansa, materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi yoki qo‘shimcha tekshiruv o‘tkaziladi.