Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainaning kelajagi bo‘yicha muzokaralar qachon o‘tkaziladi?

Ukrainaning kelajagi bo‘yicha muzokaralar qachon o‘tkaziladi?

Ukrainaning kelajagi bo‘yicha muzokaralar faqat uning ishtirokida va o‘t ochishni to‘xtatilganidan keyin o‘tkazilishi mumkin — Yevropa yetakchilarining qo‘shma bayonoti.

Reuters'ning xabar berishicha, Yevropa davlatlari rahbarlari shanba kuni bo‘lib o‘tgan muzokara va maslahatlar yakunida AQSh va Rossiya prezidentlarining 15 avgust kuni Alyaskada o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvi arafasida umumiy pozisiyani ishlab chiqishga bag‘ishlangan qo‘shma bayonotni e’lon qildi.

Qo‘shma bayonotda Buyuk Britaniya, Fransiya, Finlyandiya, Germaniya, Italiya va Polsha yetakchilari hamda Yevrokomissiya rahbari Qo‘shma Shtatlar prezidenti tomonidan Rossiya tajovuzini urushini to‘xtatish va adolatli tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishlashi qayd etildi.

"Muhim muzokaralar faqat o‘t ochishni to‘xtatish yoki harbiy harakatlarni kamaytirish sharoitida o‘tkazilishi mumkin", deya ularning so‘zlarini keltirdi Reuters.

Bayonotda, shuningdek, tinchlikka eltuvchi yo‘l Ukrainaning ishtirokisiz belgilanishi mumkin emasligi hamda xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarni kuch bilan o‘zgartirib bo‘lmasligi ta’kidlangan.

Kiritildi: 13:16 10.08.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!