Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqand viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

Samarqand viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

“Samarqand viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–244-son, 07.08.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Quyidagilar Samarqand viloyatini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

🔹 yalpi hududiy mahsulot hajmini 165 trln so‘mga yetkazish;

🔹 sanoat va xizmatlar sohasida jami 6,8 mlrd AQSh dollari ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish;

🔹 sanoat, xizmatlar va turizm eksporti hajmini 3,5 mlrd AQSh dollariga yetkazish.

🏛 Qarorga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ tashkil etiladi.

✔️ Kompaniyaning alohida yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish masalalari uning muassisi tomonidan belgilanadi.

Kiritildi: 18:51 08.08.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!