Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mirziyoyev va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Mirziyoyev va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Rossiya prezidenti 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lum qildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

O‘zaro tovar ayirboshlash va investisiya ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini ta’minlash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperasiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar darajasida sermahsul aloqalar, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Kiritildi: 17:14 08.08.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!