Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Chinoz tumanida “Kia Sonet” va “Cobalt” to‘qnashdi

 Chinoz tumanida  “Kia Sonet” va “Cobalt” to‘qnashdi

Chinoz tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi.

✅ Joriy yilning 6 avgust kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tgan M34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yo‘lining 28-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, “Kia Sonet” va “Cobalt” rusumdagi yengil avtomobillarning to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

✅ Hodisa oqibatida “Cobalt” avtoulovida bo‘lgan 1990 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

✅ Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:53 08.08.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!