Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (500-son, 07.08.2025 y.) bilan “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🏛 Nizomga ko‘ra, davlat xizmati “ERP sport” tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.

💰 Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

✔️ Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.

📝 ERP sport” tizimida ma’lumotlar to‘liq shakllangandan so‘ng 1 ish kunida QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda malaka toifasi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtiriladi.

✍️ Bu haqida avtomatik tarzda trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali SMS-xabarnoma yuboriladi.

⏳ Malaka toifasi 4 yil muddatga beriladi.

Kiritildi: 22:35 07.08.2025. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!