Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general Abdurrahim Musaviy so‘nggi 12 kunlik AQSH-Isroil tajovuzi davomida dunyo Eron xalqining yengilmasligiga guvoh bo‘lganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqning ilohiy e’tiqodga va tarixiy xotiraga asoslangan ruhi, hamda Islom inqilobi rahbarining yetakchiligi mamlakatni yangi bosqichga olib chiqdi.
«Eron xalqi eng og‘ir sharoitlarda ham kuchli bo‘lishni uddalaydi. Millatning sabr-toqati dushmanlarning yuragiga qo‘rquv soladi», — dedi general.
Musaviyning ta’kidlashicha, tajovuz Eron xalqini yanada birlashtirdi. U Isroilni «savviylik»da ayblab, uning harakatlarini kuch emas, balki yovvoyilik deb baholadi.
Shuningdek, u AQShni tanqid qilib: «Eron xalqi Amerika yetkazgan qo‘rqoqona yarani hech qachon unutmaydi», — dedi.
«Eron urushni istamaydi, lekin agar dushmanlar yana tajovuz qilsa, javobimiz avvalgidan ham qattiqroq bo‘ladi», — deya ta’kidladi Eron armiyasi bosh qo‘mondoni.