Hukumat qarori bilan “O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat:
Ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida arizalar kelgusi o‘quv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1 oktyabrdan kelgusi yilning 31 yanvarigacha qabul qilinadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
— lisenziya yoki yuridik shaxsning guvohnoma nusxasi
— arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan miqdordagi yig‘imlarni amalga oshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
— davlat akkreditasiyasi jarayonlariga biriktirilgan mas’ul xodimning ma’lumotlari
Arizalar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Ta’lim dasturi “davlat akkreditasiyasidan o‘tdi” deb e’tirof etilganda, maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat 1 hafta muddatda beriladi va mazkur ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.