Soliq qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugungi kunda 215 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integrasiya qilingan.
Agregatorlar orqali 457,3 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda.
Soliq mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan holda, fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida soliq to‘lashga o‘tadi.