2025 yil 7 avgust kuni soat 19:00 da Chilonzor tumanida joylashgan (Milliy) “Bunyodkor” stadionida jahon estrada yulduzi Jennifer Lopesning konserti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi quyidagi ko‘chalarda soat 12:00 dan 23:00 gacha avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi:
✅Cho‘pon ota – Qatortol ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘pon ota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘pon ota va Chilonzor ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qism;
✅Chilonzor – Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor – KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qism;
✅Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qism.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va harakatlanish uchun aylanma va yondosh ko‘chalardan foydalanishni tavsiya etamiz,- deyiladi xabarda.