Chorvoq suv omboriga kanalizasiya emas, yomg‘ir suvlari oqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ayrim dacha egalari o‘z kanalizasiya tizimlarini Chorvoq suv omboriga yo‘naltirgan” mazmunidagi xabarlar bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan.
O‘rganishda Bo‘stonliq tumani Burchmullo MFY Chorvoq suv ombori hududiga ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan xo‘jalik tamorqani sug‘orilgan va yomg‘ir suvlarini chiqib ketishi uchun ariqlar kovlanib unga poliyetilen quvurlar orqali suvlar o‘tkazib yuborilgani aniqlandi.
Holat bo‘yicha ushubu hududga mas’ul bo‘lgan Chorvoq suv ombori xodimiga nisbatan MJtKning 82-moddasi, 2-qismiga (suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 barobarida miqdorida jarima chorasi qo‘llanildi.
Kovlangan ariqlar va unga qo‘yib chiqilgan quvurlar olib tashlangan.