Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy: Umerov kelasi hafta Rossiya tomoni bilan uchrashishni taklif qildi

Zelenskiy: Umerov kelasi hafta Rossiya tomoni bilan uchrashishni taklif qildi

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov Rossiya tomoniga kelasi hafta navbatdagi yig‘ilish o‘tkazishni taklif qildi.

Bu haqda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy shanba kuni kechki videomurojaatida ma’lum qildi.

"Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Umerov Rossiya tomoniga kelasi hafta navbatdagi uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgani haqida xabar berdi. Muzokaralar dinamikasini oshirish kerak. O‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Rossiya tomoni esa qarorlardan yashirinishni bas qilishi kerak", - dedi u.

Bundan tashqari, Zelenskiy yana bir mahbus almashinuvi haqida ma’lum qildi: "Rossiya tomoni bilan almashish bo‘yicha suhbat davom etmoqda - biz Istanbuldagi so‘nggi uchrashuvdagi kelishuvlarni bajarishda davom etamiz. Jamoa hozirda yana bir almashinuv ustida ishlamoqda".

Zelenskiy Rossiya Federasiyasi bilan eng yuqori darajadagi muzokaralarga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.

"Mahbuslarni almashish. Bolalarni qaytarish. Qotilliklarni to‘xtatish. Va haqiqatan ham tinchlikni ta’minlash uchun rahbarlar darajasidagi uchrashuv kerak - haqiqatan ham uzoq muddatli. Ukraina bunday uchrashuvga tayyor", - dedi u.

Kiritildi: 08:30 20.07.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!