Xitoy Milliy mudofaa texnologiyalari universiteti talabasi Lyan Xesyan chivin o‘lchamdagi mikrodronni taqdim etdi.
Dronning dizayni hasharotlarning anatomiyasi va parvoz mexanikasini juda aniq aks ettiradi, bu uning turli joylarda yashirincha harakatlanishini va qo‘nishini kafolatlaydi. Asosiy afzalligi uning ko‘rinmasligi bo‘lib, maxsus operasiyalar vaqti ma’lumot to‘plash uchun ayni muddao.
Elektron komponentlar — datchiklar, quvvat manbalari, aloqa modullari va boshqaruv sxemalarini mitti dron korpusida joylashtirish texnologiyalarning katta yutug‘idir. Uchuvchisiz uchib, hasharotlarning qanotlari va manevrlarini takrorlaydi. Uchta o‘ta yupqa oyoq barqaror qo‘nishni ta’minlaydi.
Dron masofadan turib (shu jumladan smartfondan) boshqarilishi va real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Yangi ixtiro tez orada jang maydonida paydo bo‘lishi va fuqarolik missiyalarida qatnashishi kutilmoqda.