AQSh prezidenti Donald Tramp Indoneziya bilan 19 foizlik boj to‘laydigan qulay savdo kelishuvi haqida ma’lum qildi.
“Indoneziya Qo‘shma Shtatlarga eksport qilinadigan barcha tovarlarga 19 foizlik boj to‘laydi, Qo‘shma Shtatlardan Indoneziyaga eksport esa boj yoki tarifsiz to‘siqlarga duchor bo‘lmaydi”, — dedi Donald Tramp Truth Social nashriga bergan bayonotida.
Indoneziya tomonidan to‘langan tarif yuqori tariflar bo‘lgan mamlakatlardan tranzitda olib kelingan tovarlarga qo‘shiladi, deb tushuntirdi Oq uy.
“Ushbu muhim kelishuv tarixda birinchi marta butun Indoneziya bozorini Qo‘shma Shtatlar uchun ochadi. Tarixda birinchi marta fermerlarimiz va baliqchilarimiz 280 milliondan ortiq aholiga ega Indoneziya bozoriga to‘liq kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — dedi Tramp.
Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, Indoneziya AQShdan 15 milliard dollarlik energiya, 4,5 milliard dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va 50 ta Boeing samolyotlarini sotib olish majburiyatini oldi.
AQSh Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilga borib ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 38 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. O‘tgan yili AQShning Indoneziya bilan savdo kamomadi 17,9 milliard dollarni tashkil qilgan.