Apple smartfonlarining yangi avlodi batareyalari birinchi marta 5000 milliamper-soat chegarasiga etadi. Qayd etilishicha, bunday sig‘imdagi akkumulyator iPhone 17 Pro Max seriyasida eng qimmati bo‘ladi.
Taqqoslash uchun, joriy iPhone 16 Pro Max'da 4676 mA/soat, iPhone 15 Pro Max'da 4422 mA/soat, iPhone 14 Pro Max'da 4323 mA/soat va iPhone 13 Pro Max'da 4352 mA/soat bo‘lgan.
Apple nihoyat o‘z smartfonlarining asosiy muammolaridan birini qisman hal qiladi. Biroq 5000 mA/soat akkumulyator bilan ham Amerika brendining telefonlari Xitoy brendlarining ayrim qurilmalaridan ortda qoladi. Osiyo ishlab chiqaruvchilarining ko‘plab modellarida 6000-7000 mA / soat quvvatga ega batareyalar mavjud.