Milliarder Ilon Maskning Starlink global sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi AQShning Texas shtatidagi suv toshqini qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun bepul aloqa xizmatlarini taqdim etdi.
Bu haqda kompaniya X ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar qildi.
"Starlink qidiruv-qutqaruv ishlari uchun mini-to‘plamlar bilan ta’minlaydi, hatto chekka hududlarda ham aloqani ta’minlaydi, shuningdek, bir oylik bepul xizmat ko‘rsatadi", — deyiladi xabarda.
Kompaniyaning qayd etishicha, T-mobile mobil operatori mijozlari sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali ham matnli xabarlar (SMS) yuborishlari mumkin.
"Bundan tashqari, suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarda mos keladigan smartfonga ega bo‘lgan har bir kishi xavfsizlik agentliklaridan favqulodda ogohlantirishlar olishi mumkin bo‘ladi" - dedi SpaceX vakillari.