Isroil va XAMAS o‘rtasida G‘aza sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish masalasida olib borilayotgan bevosita bo‘lmagan (bilvosita) muzokaralarning birinchi bosqichi natijasiz yakunlandi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali "Report" xabariga tayangan holda ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar 6 iyul kuni kechqurun Qatarning poytaxti Doxada bo‘lib o‘tgan va unda Isroil hamda XAMAS harakati vakillari ishtirok etgan.
Manbalarga ko‘ra, muzokara jarayonida taraflar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan. Falastinlik rasmiylarning ta’kidlashicha, tortishuvli masalalar va o‘zaro ishonch yetishmasligi jarayonning samarasiz yakunlanishiga sabab bo‘lgan.
Hozircha muzokaralarning keyingi bosqichi qachon va qayerda davom ettirilishi noma’lum. Ammo xalqaro hamjamiyat G‘azodagi xunrezliklarni to‘xtatish maqsadida tomonlarni muloqotni davom ettirishga chaqirmoqda.