Estoniyada Boltiq dengizida vertolyot halokatga uchradi, vertolyot bortidagi barcha odamlar tirik, ular bilan aloqa o‘rnatildi. Bu haqda ERR teleradiokompaniyasi mahalliy polisiya va chegara qo‘riqlash boshqarmasiga tayanib xabar bermoqda.
"6 iyul, yakshanba kuni Vilsandi va Saaremaa orollari oralig‘ida Boltiq dengizida vertolyot halokatga uchradi. Favqulodda vaziyat haqida ma’lumot Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziga soat 11:15 da kelib tushgan. Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bortdagi barcha odamlar tirik, ular bilan aloqa o‘rnatilgan", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, vertolyot bortidagi odamlarning aniq soni hozircha ma’lum qilinmagan. Qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.