Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Husiylar Tel-Avivdagi aeroportiga gipertovushli ballistik raketa bilan hujum qildi

Husiylar Tel-Avivdagi aeroportiga gipertovushli ballistik raketa bilan hujum qildi

"Ansor Alloh" harakati Isroilning Ben Gurion aeroportiga gipertovushli ballistik raketa bilan hujum qilganini aytdi.

Bu haqda hutiy qurolli kuchlari vakili Yahyo Sariya "Telegram"dagi kanalida ma’lum qilgan.

"Yaman qurolli kuchlarining (Xutiy) raketa kuchlari harbiy operasiya o‘tkazib, Lod aeroportiga (Ben Gurion) Falastin 2 gipertovushli ballistik raketasi bilan hujum qildi", — deyiladi xabarda.

Yakshanbaga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari Yamandan Isroil hududi tomon raketa uchirilganini qayd etganini ma’lum qildi. Keyinroq armiya raketa tutib olinganini aytdi.

Kiritildi: 17:10 06.07.2025. O'qildi: 1398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!