Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 7 yoshli bolakayga onasi va o‘gay otasi qo‘pol muomalada bo‘lgani va uni kaltaklagani uchun bola uydan qochib ketgan va qo‘shnisidan yordam so‘ragan.
Holat yuzasidan bolaning onasi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, onaga va o‘gay otaga bola davlat himoyasida ekanligi tushuntirilib, unga nisbatan qilingan har bir nojo‘ya harakat javobgarlikka olib kelishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.