Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs ushlandi

Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida Toshkent viloyati IIBB, DXX viloyat boshqarmasi hamda Ohangaron shahar IIB tezkor xodimlari odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan ayol oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan Sergeli tumanida yashovchi 33 yoshli ayolni aldab, ko‘p daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Moskva shahriga shahvoniy ekspluatasiya — fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari boshlangan.

Odam savdosi jinoyatini sodir qilganlar 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 21:57 05.07.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!