Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Agrobank Andijon filialida yirik kredit talon-tarojligi fosh etildi — sobiq rahbar 8,5 yilga qamaldi

Agrobank Andijon filialida yirik kredit talon-tarojligi fosh etildi — sobiq rahbar 8,5 yilga qamaldi

Agrobank ATBning Andijon viloyatidagi filialida yirik moliyaviy jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi.

Agrobank Andijon filialining sobiq boshqaruvchisi 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ushbu jinoyat ishi doirasida bankning yana ikki nafar sobiq xodimi va 6 nafar mahalla hokim yordamchisi ham qamoq jazosini oldi.

Qizig‘i shundaki, ushbu filial rahbari 2024 yilning o‘zida 3 marta, 2025 yilda esa 1 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh a’zolari 61 nafar fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan 2 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini noqonuniy tarzda o‘zlashtirgan.

Kiritildi: 20:06 05.07.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!