Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda chiroq tez-tez o‘chayotganiga izoh berildi

Toshkentda chiroq tez-tez o‘chayotganiga izoh berildi

So‘nggi kunlarda Toshkent shahar va viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar ko‘paygani kuzatilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bu holatni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, rejali ta’mirlash va tarmoqlarni yangilash ishlari olib borilayotgani bilan izohladi.

Havo harorati yuqori bo‘lgan kunlarda yuklama oshishi tufayli avariyaviy uzilishlar ham yuzaga kelmoqda. HET bu holatlar tezkorlik bilan bartaraf etilayotganini ma’lum qildi.

Kompaniya aholidan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, elektr uzilishlari haqida oldinroq ogohlantirib borishini bildirdi.

Kiritildi: 18:27 05.07.2025. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!