Ukraina Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, so‘nggi bir sutka davomida viloyatning 6 ta aholi punkti artilleriya va raketa hujumlariga duch kelgan.
«Obstrellar oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi, ular orasida 2 nafar bola bor», — deb yozdi Sinegubov o‘zining Telegram-kanalida.
Ma’lumotlarga ko‘ra:
Chuguyev shahrida 11 kishi jarohat olgan, ular orasida 10 yoshli bola va 14 yoshli qiz ham bor.
Kupyansk shahrida esa 55 yoshli ayol halok bo‘lgan, 61 va 70 yoshli ayollar, shuningdek, 56 va 57 yoshli erkaklar tan jarohati olgan.
Sinegubov hujumlar paytida Xarkov viloyatiga nisbatan turli xil qurollar qo‘llanilganini ta’kidladi. Viloyatda havo tahlikasining saqlanishi e’lon qilingan.