Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Taxtiqoracha dovonida chiqqan yong‘in haqida dastlabki ma’lumot berildi

Taxtiqoracha dovonida chiqqan yong‘in haqida dastlabki ma’lumot berildi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Taxtiqoracha dovonidagi yer maydonlarida quruq o‘t yonib ketdi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4 iyul kuni soat 12:08 da boshqarmaga Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Qaynar» MFY hududidagi qir adirliklarida quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan hamda yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan.

Yong‘in Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lab turuvchi dovondan o‘tgan avtomobil yo‘liga xavf solmayotgani ma’lum qilingan.

Tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rish mumkinki, yong‘in kuchli bo‘lib, osmonni tutun qoplagan.

Berilgan Qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, yong‘in o‘rab olingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Yong‘in ko‘lami qisqarib bormoqda. Aholi punktlari hamda Taxtiqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘liga yonig‘inning xavfi mavjud emas.

Kiritildi: 17:31 04.07.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!