Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilariga qulaylik yaratish hamda kassa oldidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida metro xizmatidan foydalanishda yo‘l haqini to‘lashning 10 dan ortiq turi mavjud. Jumladan, QR-kodli bir martalik chiptalar 3000 so‘mni tashkil qilsa, boshqa to‘lov usullari 1700 so‘m va undan ham arzon. Shuni inobatga olib, hozirgi vaqtga kelib yo‘lovchilarning kam sonli qismigina naqd pul ko‘rinishida, ya’ni kassadan QR-kodli chipta xarid qilib yo‘l haqini to‘lashmoqda.

Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, ilgari bir martalik QR-kodli chiptalardan metro yo‘lovchilarining 45-50% foydalangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu ko‘rsatkich qariyb 6-7% ni tashkil qilmoqda.

🔰Uzoq vaqt davom etgan kuzatuv va o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, bir qancha metro bekatlaridagi vestibyullarda joylashgan kassalarda chiptalar xarid qilinishi keskin kamaygani aniqlandi. Shu boisdan, naqd pul ko‘rinishida to‘lovni amalga oshiradigan yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan 13 ta metro bekatlarining (Mirzo Ulug‘bek, Xalqlar do‘stligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, Pushkin, Do‘stlik, Toshkent, Oybek, Tinchlik, Shahriston, Bodomzor, Minor hamda Abdulla Qodiriy) 1 tadan vestibyullaridagi kassalar yopildi va ushbu vestibyullarga chipta sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda.

📎Shuningdek, metro yo‘lovchilari kassa yopilgan vestibyullarda ham avtomatlashtirilgan to‘lov turlarining boshqa usullari orqali to‘lov qilish imkoniyatiga ega. (ATTO kartalari, bank kartalari, turli mobil ilovalar, kaft orqali va boshqa to‘lov usullari).

📌Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, yuqoridagi to‘lov usullarining afzalliklari — yo‘lovchilar o‘z vaqtlarini tejashlari, ya’ni kassa oldida navbat kutmasdan, qolaversa, metroda yo‘l haqini arzon tarifda to‘lashlari mumkin.

Kiritildi: 14:25 04.07.2025. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!