Rossiya bo‘linmalarining Ukraina poytaxti Kiyevga tunda uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 19 kishi yaralandi.
Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, jabrlanganlarning besh nafariga ambulator yordam ko‘rsatilmoqda.
"Dushmanning Kiyevga tungi hujumi natijasida poytaxtning 19 nafar fuqarosi yaralandi. Besh kishiga ambulator yordam ko‘rsatilmoqda, 14 nafari kasalxonaga yotqizildi", deb yozadi Klichko.
Hujum natijasida temir yo‘l infratuzilmasi ham zarar ko‘rgan, ayrim hududlarda qulagan raketa qoldiqlari yong‘inga sabab bo‘lgan.