Rossiyaning Ukrainaning Donesk shahrini o‘qqa tutishi oqibatida besh nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 12 nafari yaralandi.
Bu haqda Donesk viloyati davlat ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin telegram-kanalida ma’lum qilgan.
"Pokrovskda 1977 va 1978 yilda tug‘ilgan ikki erkak halok bo‘ldi, ikki ayol yaralandi. Beliskoyeda 54 yoshli va 69 yoshli erkak halok bo‘ldi, bir ayol yaralandi, to‘rtta ikki qavatli bino va uchta garaj vayron bo‘ldi. Mirnogradda yana bir kishi yaralandi.
Nikolayevkada bir kishi tan jarohati oldi, to‘rtta ko‘p qavatli uy va kafe zarar ko‘rdi. Ruslar Ilinovkaga dron bilan hujum qilishdi: ular bugun 47 yoshini nishonlayotgan erkakni o‘ldirdi, besh kishini yaraladi, uyga zarar yetkazdi. Konstantinovkada ikki kishi tan jarohati oldi, beshta ko‘p qavatli uy, ikkita ma’muriy bino, do‘kon, avtobus bekati va elektr tarmog‘iga shikast yetdi”, — dedi Filashkin.