Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Gresiyada ham kuchli o‘rmon yong‘ini kuzatilmoqda

Gresiyada ham kuchli o‘rmon yong‘ini kuzatilmoqda

O‘t o‘chiruvchilar o‘rmon yong‘inlarining tarqalishi sababli Krit janubida besh mingga yaqin sayyohni evakuasiya qildi.

Bu haqda Gresiyaning AMNA agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 230 nafar o‘t o‘chiruvchi vertolyot va maxsus texnika yordamida orolning janubiy sohilidagi Yerapetra shahri hududida yong‘in manbasini aniqlashga harakat qilmoqda. Yunoniston polisiyasi va qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining qo‘shimcha kuchlari kuchli shamol tufayli yuzaga kelgan yong‘inlar hududining kengayishi bilan kurashish uchun yuborilgan.

"Iyul har doim yilning eng issiq oyi bo‘lib kelgan, tez-tez kuchli shamollar esadi. Bu omillar o‘rmon yong‘inlarining tarqalishiga olib keladi", dedi agentlikka yong‘in xavfsizligi xizmati rasmiy vakili Vasilis Vatrakogianis.

Qayd etish joizki, bu yil Yevropada anomal issiq havo kuzatilmoqda, buni mutaxassislar iqlimning antropogen o‘zgarishi bilan bog‘lashmoqda. Issiqlik Gresiyada yong‘inlar kuchayishiga olib keldi. 2018 yilda Gresiyaning Mati shahrida sodir bo‘lgan yirik yong‘in 100 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi.

Kiritildi: 09:15 04.07.2025. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!