"Hizbulloh" harakati qurollarini, jumladan, og‘ir qurollarini ham mamlakat armiyasiga topshirishga tayyor, ammo buning uchun Isroil Livanni tark etishi kerak.
Bu haqda Al Hadath telekanali ma’lum qildi.
O‘z manbalariga ko‘ra, harakat Livan prezidenti Jozef Aunning Isroil qo‘shinlarini davlatlar o‘rtasidagi xalqaro tan olingan chegaralarga qaytarish evaziga o‘z tarafdorlarini bosqichma-bosqich qurolsizlantirish va Litani daryosi shimolidan olib chiqish to‘g‘risidagi taklifiga rozi bo‘lgan. Harakat, shuningdek, Isroildan “tajovuz qilmaslikning ishonchli kafolatlarini” so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni Livan 24 axborot portali Livan rahbariyati AQSh taklif qilgan Isroil bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha taklif qilingan bosqichma-bosqich rejani ma’qullaganini, bu rejada Isroil qo‘shinlarini shu yilning noyabrigacha mamlakat janubidan olib chiqib ketish evaziga “Hizbulloh”ni qurolsizlantirish ko‘zda tutilgani haqida xabar bergan edik.
Livan va Isroil o‘rtasida vositachi bo‘lib ishlayotgan AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barak 7-10 iyul kunlari diplomatik missiya bilan Bayrutga keladi.U respublika prezidenti, bosh vazir Navaf Salam va parlament spikeri Nabih Berri bilan uchrashadi.