Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Polsha Litva va Germaniya bilan chegaralarini mustahkamlash uchun 5000 nafar askar yuboradi

Polsha Litva va Germaniya bilan chegaralarini mustahkamlash uchun 5000 nafar askar yuboradi

Polsha xavfsizlikni kuchaytirish uchun Germaniya va Litva bilan chegaralarga 5000 nafar polshalik askarini yuboradi.

Bu haqda Polsha bosh shtabi boshlig‘i general Vislav Kukula Polsha radiosi orqali ma’lum qilgan.

"Chegaraga 5 ming askar yuboriladi. Ulardan 4 ming nafari Polsha-Germaniya chegarasiga, 1000 nafari Polsha-Litva chegarasiga yuboriladi", - dedi Kukula.

Polsha Bosh shtabi rahbari “noqonuniy migrasiya davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotganini” qayd etdi.

"Bundan tashqari, chegara qo‘riqlash Polsha armiyasining konstitusiyaviy majburiyatlaridan kelib chiqadi. Biz bu vazifani chetlab o‘ta olmaymiz. Biz chegaralardagi samaradorlikni oshirishimiz kerak", - deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Polsha noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish maqsadida 7 iyuldan boshlab Germaniya va Litva bilan chegaralarida vaqtinchalik nazorat joriy etishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 08:30 04.07.2025. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!