Rossiya prezidenti yordamchisi Ushakov Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbat yuzasidan bir qancha bayonotlar berdi:
Ukraina borasida
▪️Rossiya Ukraina bilan Istanbul tinchlik kelishuvlari doirasida ishlamoqda va Rossiya mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishda davom etadi.
▪️Rossiya yuzaga kelgan qarama-qarshilikning barcha asosiy sabablarini bartaraf etishdan voz kechmaydi.
▪️Tramp Ukrainadagi harbiy harakatlarni imkon qadar tezroq tugatish masalasini ko‘tardi.
AQSh haqida
▪️Tramp AQSh Senatida soliq va immigrasiya islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasi muvaffaqiyatli qabul qilindiganini ma’lum qildi.
▪️Putin Trampni yaqinlashib kelayotgan AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
▪️Putin Rossiya Amerika davlatchiligining shakllanishida muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi.
Yaqin Sharq mavzusi
▪️Prezidentlar Eron va butun Yaqin Sharq atrofidagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdi.
▪️Putin va Tramp suhbat chog‘ida Suriyadagi o‘zgarishlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Moskva va Vashington bu boradagi muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
Boshqa mavzular
▪️Putin va Tramp energetika va koinotni tadqiq qilish sohalarida bir qator istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdi.
▪️Suhbatda Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashuvi mavzusi muhokama qilinmadi.