Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

G7 Eronni MAGATE bilan hamkorlik qilishga chaqirdi

G7 Eronni MAGATE bilan hamkorlik qilishga chaqirdi

“Katta yettilik” (G7) mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Eronni atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan yadro dasturi bo‘yicha hamkorlikni qayta tiklashga chaqirdi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

“Biz Eron yadro dasturi bo‘yicha keng qamrovli, tekshirilishi mumkin bo‘lgan va mustahkam kelishuvga olib keladigan muzokaralarni qayta boshlash tarafdorimiz”, – deyiladi diplomatik idoralar rahbarlarining qo‘shma bayonotida.

Vazirlar barcha tomonlarni “mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga” chaqirdi.

Shuningdek, Eron Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning a’zosi bo‘lib qolishi kerakligi qayd etildi.

G7 tashqi ishlar vazirlari Isroil xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar.

“Biz Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni saqlash tarafdori ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, – deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 22:45 03.07.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!