Fransiyaning mashhur Le Monde nashri yozishicha, O‘zbekistondagi “Anorbank” kuzatuv kengashi a’zosi, 48 yoshli Qahramonjon Olimov Parij shahrida noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u Nissa yaqinidagi xususiy uyning yerto‘lasida ushlab turilgan va uni ozod qilish uchun tovon puli talab qilingan. To‘lovning ma’lum qismi to‘langanidan so‘ng Olimov ozod etilgan.
Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi sifatida bir nafar shaxs qo‘lga olingan.