Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.G.” fermer xo‘jaligi rahbari G‘.S. tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 211,6 mln so‘m elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “U.A.” MCHJ rahbari O.A. tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 100,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.