Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Hindiston SHHT yig‘ilishining qo‘shma deklarasiyasini imzolashdan bosh tortdi

 Hindiston SHHT yig‘ilishining qo‘shma deklarasiyasini imzolashdan bosh tortdi

Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singxning aytishicha, aprel oyida Jammu-Kashmirdagi hujum deklarasiyaga kiritilmagan va Hindiston ikki tomonlama standartlarga qarshi chiqadi.

"Bunday ikki tomonlama standartlarga o‘rin bo‘lmasligi kerak. SHHT bunday davlatlarni tanqid qilishdan tortinmasligi kerak", — deya ta’kidladi Singx Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzolashdan bosh tortib.

Deklarasiya "Hindistonning terrorizm va mintaqaviy xavfsizlik kabi muhim masalalardagi pozisiyasini zaiflashtirganini" iddao qilgan Singx unda Pokistonning Balujiston mintaqasidagi "jangarilar faoliyati" tilga olingan va "Pokiston pozisiyasi himoyasi davom ettirilgan" dedi.

Singx Pokiston nomini to‘g‘ridan to‘g‘ri aytmagan holda, SHHTni "transchegaraviy terrorizmdan siyosat quroli sifatida foydalanayotgan va terrorchilarni o‘z ichiga oluvchi" davlatlarni tanqid qilishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, Hindiston ham, Pokiston ham SHHT a’zolari hisoblanadi.

Kiritildi: 11:00 28.06.2025. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!