G‘azo sektoridagi urush ikki hafta ichida yakunlanishi mumkin. Isroilning Israel Hayom gazetasiga ko‘ra, AQShning Eronning yadro ob’ektlariga yaqinda uyushtirgan zarbalaridan so‘ng Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu favqulodda muzokaralar o‘tkazgan va harbiy harakatlarni tugatish bo‘yicha reja ustida kelishib olishgan.
Mana asosiy bandlar:
📌 Urush harakatlari ikki hafta ichida to‘xtatiladi. G‘azoni boshqarish to‘rtta arab davlatiga — ular orasida BAA va Misr ham bor — topshiriladi.
📌 HAMAS rahbariyati sug‘urunga ketadi, garovdagilar ozod qilinadi.
📌 Bir nechta davlatlar G‘azoni tark etishni istagan aholini qabul qilishga rozi bo‘lgan.
📌 “Ibrohim kelishuvlari” kengaytiriladi. Ularga Suriya va Saudiya Arabistoni ham qo‘shiladi, bu esa Yaqin Sharqdagi vaziyatni tubdan o‘zgartiradi.
📌 Isroil falastinliklar bilan kelishuvga rozi, biroq Falastin ma’muriyatida islohotlar o‘tkazilishi talab qilinmoqda.
📌 AQSh G‘arbiy Sohildagi ayrim yahudiy posyolkalarda Isroilning qisman suverenitetini tan oladi.
Hozircha bu ma’lumotlar na Oq Uy, na Isroil hukumati tomonidan rasmiy tarzda tasdiqlangan. Biroq, Israel Hayom nashri Netanyaxuga yaqin ommaviy axborot vositasi hisoblanadi va bu siznib chiqqan xabar tasodifiy emasdek tuyulmoqda.