Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eron uran zaxiralarini AQSh hujumidan saqlab qolgan

Eron uran zaxiralarini AQSh hujumidan saqlab qolgan

AQSh zarbalariga qaramay, Eronning uran zaxiralari saqlanib qolgan – G‘arb razvedkalari shunday hisoblaydi.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh zarbalaridan oldin Eron Fordo va boshqa ob’ektlardan boyitilgan uranning bir qismini olib chiqishga ulgurgan.

Yadro majmuasi zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, butunlay vayron bo‘lmagan – infratuzilmaning bir qismi saqlanib qolgan.

G‘arb razvedka xizmatlari Tehron hujumga oldindan tayyorgarlik ko‘rganini va uran zaxiralarini turli hududlarga tarqatib yuborganini taxmin qilmoqda.

Bu orada AQShda Eron bilan kelgusi munosabatlar borasida aniq strategiya mavjud emas.

Kiritildi: 20:05 26.06.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!