Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Mbappe "PSJ"ni tovlamachilikda aybladi

Mbappe "PSJ"ni tovlamachilikda aybladi

"PSJ" va Kilian Mbappe huquqiy maydonda bahslashishda davom etmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy mojaroga yana bir narsa qo‘shildi: Mbappe klubni ma’naviy ta’qib qilish va tovlamachilik qilishga urinishda ayblamoqda. Futbolchi may oyidayoq "PSJ" ustidan shikoyat qilgan va endi bu shikoyatni tekshirish uchun ikkita tergov hakami tayinlangan. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Mbappening argumenti 2023 yil yozida yuzaga kelgan vaziyatdir. O‘shanda "PSJ" Kiliandan shartnomani uzaytirmasligini eshitgach, hujumchini mashg‘ulotlardan chetlatgandi.

Kilian Mbappe 2024 yilning yozida "PSJ"dan "Real"ga erkin agent sifatida o‘tgandi.

Kiritildi: 19:21 26.06.2025. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!