Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Xomanaiy: Agar AQSh yana hujum qilsa, Eron javoban shunga o‘xshash zarba beradi

Xomanaiy: Agar AQSh yana hujum qilsa, Eron javoban shunga o‘xshash zarba beradi

Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning ma’lum qilishicha, agar Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan yangi harbiy hujumlar amalga oshirilsa, Eron AQShning mintaqadagi harbiy bazalariga qarshi javob zarbalari berishi mumkin. Bu haqda u Tasnim agentligiga asoslanib, Report axborot agentligi orqali xabar berdi.

Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron mintaqadagi muhim Amerika harbiy nuqtalariga yetib borish salohiyatiga ega va zarur bo‘lsa, javob choralari ko‘riladi. U misol tariqasida Eron tomonidan Qatarda joylashgan Al-Udeyd harbiy bazasiga qilingan hujumni tilga oldi.

Uning ta’kidlashicha, bu hujumda AQShga jiddiy zarar yetkazilgan, harchand Amerika rasmiylari bu zarar miqdorini kamaytirishga urinayotgan bo‘lsalar-da.

Kiritildi: 18:15 26.06.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!