Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoydagi toshqinlar 6 nafar insonning umriga zomin bo‘ldi

Xitoydagi toshqinlar 6 nafar insonning umriga zomin bo‘ldi

Xitoyning janubi-sharqida joylashgan Guychjou provinsiyasida yuz bergan kuchli toshqinlar oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Junszyan uyezdida so‘nggi 50 yildagi eng kuchli suv toshqini kuzatildi. Bir necha daryoda suv sathi keskin oshgan.

Ko‘plab past tog‘li hududlar suv ostida qolgan. Infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazilgan, yo‘llarda harakat cheklangan, aloqa uzilgan va aholi og‘ir ahvolda qolgan.

Kiritildi: 17:00 26.06.2025. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!