Shimoliy Qozog‘iston viloyatining Tayinshinskiy tumanidagi korxonalardan birida portlash sodir bo‘ldi, natijada to‘qqiz kishi jabrlandi.
Bu haqda Qozog‘iston OAVlari xabar bermoqda.
Ulardan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizilgan.
"Soat 16:17 da Tayinshin tumani IIB navbatchilik qismiga korxonalardan birining hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, korxonaning ikkita saqlash sisternasi yonib, portlab ketgan, shundan so‘ng Volvo benzin tashuvchisi yonib ketgan. Voqea joyida o‘t o‘chirish bo‘limlari, milisiya xodimlari va favqulodda xizmatlar vakillari zudlik bilan ish olib borishgan”, — deyiladi xabarda.
Polisiya ushbu favqulodda holat bo‘yicha materiallarni to‘plab, Tayinshin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga topshirdi, deya ta’kidladi bo‘lim.
Portlash kecha sodir bo‘lgan.