Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasining Junszyan okrugida kuchli suv toshqinlari oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy suv toshqinlariga qarshi shtabi ma’lum qildi.
Seshanba kunidan beri Junszyan okrugi so‘nggi 50 yildagi eng kuchli toshqindan jabr ko‘rdi, bir qancha daryolarda suv sathi keskin ko‘tarildi. Maksimal oqim tezligi sekundiga 11360 kub metrga yetdi.
Ko‘plab pasttekisliklar suv ostida qoldi, bir qancha shaharcha va qishloqlarda infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazildi, buning natijasida transport harakati to‘xtatildi, aloqa uzilib qoldi.