Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining shaxsiy kanalida messenjer uchun yangi dasturchi izlayotgani haqida e’lon qildi. U taklif qilayotgan lavozim texnologiya sohasidagi eng yuqori maoshli takliflardan biri bo‘lishi mumkin: yillik ish haqi 1 million AQSh dollarini tashkil qiladi.
Dasturchilik lavozimiga faqatgina maxsus kod yozish tanlovida g‘olib chiqqan ishtirokchi arizasi qabul qilinadi. Tanlov muddati 2025 yil 11 iyulgacha davom etadi. Hozirda Telegram tomonidan tanlov tafsilotlari, texnik topshiriqlar va talablar bo‘yicha maxsus sahifa ham ochilgan. Tanlovda qatnashuvchilarga samarali, tezkor va xavfsiz kod yozish bo‘yicha murakkab vazifalar beriladi.