Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Gaza sektoridagi Isroil hujumlari oqibatida bir sutkada 79 kishi halok bo‘ldi

Gaza sektoridagi Isroil hujumlari oqibatida bir sutkada 79 kishi halok bo‘ldi

Palestina Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasining Gaza sektoriga amalga oshirgan hujumlari natijasida 79 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 289 kishi jarohat oldi.

Shu bilan 2023 yil 7 oktyabridan buyon Gazada halok bo‘lgan palestinaliklar soni 56 077 nafarga yetdi.

Bu haqda Gaza sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan so‘nggi bayonotda ma’lum qilingan. Hozirgi vaqtda jarohatlanganlarning ko‘pchiligi mahalliy shifoxonalarda davolanmoqda, ko‘plab bemorlarning ahvoli og‘ir ekani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 19:07 24.06.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!