Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ofisi mamlakat Eronga keyingi zarbalardan tiyilishga va’da berganini ma’lum qildi.
Eron esa oxirgi zarbani sulh boshlanishidan atigi bir necha daqiqa oldin berganini ta’kidlamoqda.
Shu bilan birga, Eron qurolli kuchlari "dushmanning harakatlarini ochiq va ogoh ko‘z bilan" kuzatishda davom etishini bildirgan, deb yozadi Reuters.