Gaagadagi sammitning birinchi kunida NATO bosh kotibi Ukrainaga 40 milliard dollar harbiy yordam ajratilishini va mamlakatning NATOga a’zolik yo‘li «qaytib bo‘lmas» ekanini ma’lum qildi.
NATO 2025 yilda Ukrainaga qo‘shimcha ravishda 40 milliard dollarlik harbiy yordam ajratadi. Bu haqda Alyans bosh kotibi Mark Ryutte sammit oldidan ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu yordam avvalgi baholardan ham ortiq bo‘lib, 35 milliard yevrodan oshib ketgan.
🗣 «Bu — ittifoqchilarning aniq majburiyati», — dedi u.
Ryuttega ko‘ra, Rossiya NATO uchun «eng katta va bevosita tahdid» bo‘lib qolmoqda. U urushni Eron, KXDR, Xitoy va Belarus ko‘magida davom ettirayotganini aytdi. Xususan, Eron Ukrainaga qarshi urushda faol ishtirok etib, fuqarolarni o‘ldirayotgan dronlarni yetkazib berayotgani ta’kidlandi. Ryutte, shuningdek, NATO a’zolarining mudofaa xarajatlari 2035 yilgacha Ukrainaga qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘lanishini bildirdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sammitda ishtirok etadi: u rasmiy kechki ovqatga taklif qilingan va ayrim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Asosiy yig‘ilish yopiq formatda bo‘lishiga qaramay, Zelenskiyga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ryutte yana bir bor Ukraina NATOga a’zolik yo‘lida «orqa qaytmas yo‘lga kirganini» tasdiqladi.
Kechga borib, Niderlandiyaga Donald Tramp yetib kelishi kutilmoqda — bu uning qayta saylanganidan so‘nggi ilk NATO sammiti bo‘ladi. Yevropa ittifoqchilari AQShning qit’adagi harbiy ishtiroki kamaymasligiga ishonchi komil bo‘lishi uchun harakat qilmoqda. NATO bo‘yicha nazorat guruhi hamraisi, senator Jin Shaxin shunday dedi:
🗣 «Alyans o‘zini na Putin, na Yaqin Sharqdagi urush, na Ukrainadagi vaziyat orqali parchalatib qo‘ymaydi.»