Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil Eron bilan sulhga erishganidan so‘ng, e’tiborini HAMASni “yo‘q qilish”ga qaratadi

Isroil Eron bilan sulhga erishganidan so‘ng, e’tiborini HAMASni “yo‘q qilish”ga qaratadi

Bu haqda Isroil moliya vaziri va o‘ta o‘ng siyosatchi Besalel Smotrich ma’lum qildi.

"Biz Eronga qarshi kampaniyada hal qiluvchi g‘alabaga erishdik, bu g‘alaba Isroil davlati tarixi sahifalariga sharaf bilan yoziladi. Biz mavjudligimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidni bartaraf etdik va bir kechada Tehrondagi o‘nlab nishonlarni yo‘q qilish orqali Eron rejimiga jiddiy zarba berdik. Endi bor kuchimizni bilan G‘azoga yo‘naltirib, u yerdagi vazifani yakunlaymiz. HAMASni yo‘q qilamiz, garovga olingan fuqarolarimizni qaytaramiz va Isroil xalqi uchun uzoq yillar xavfsizlik va kuch-qudratni ta’minlaymiz", — dedi Smotrich o‘z bayonotida.

Kiritildi: 13:56 24.06.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!