Isroil janubiga berilgan raketa zarbasi oqibatida yaralanganlar soni 22 kishiga yetdi, 4 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Isroil tez yordam xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, jabrlanganlardan ikki nafari o‘rtacha darajadagi tan jarohati olgan.
The Times of Israel nashrining yozishicha, Eron Isroil janubiga oltita raketa uchirdi. Birinchi partiya ikkita raketadan, ikkinchisi to‘rttadan iborat edi. Ikkinchi zarbadagi raketalardan biri Beersheba shahridagi turar-joy binosiga kelib tushdi.