BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Suriya poytaxti Damashqdagi cherkovga uyushtirilgan teraktni qoraladi.
Bu haqda jahon tashkiloti rahbari ijtimoiy tarmoqda X xabar berdi.
"Men Damashqdagi Avliyo Ilya cherkoviga uyushtirilgan teraktni qoralayman va to‘liq tergov o‘tkazilishini talab qilaman", - deya ta’kidladi u.
Guterrish terror hujumi qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va yaradorlarga shifo tiladi.
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriya xalqini tinchlik va adolat izlashda qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi”, - deya ta’kidladi Bosh kotib.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Damashqdagi yunon pravoslav cherkovida terakt sodir bo‘lib, kamida 20 kishi halok bo‘lgan edi.